PepsiCo prezidenti Zayn Abdulla 31 dekabr kuni o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda The Wall Street Journal’ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Gazetaning qayd etishicha, 56 yoshli Abdulla kompaniya direktorlar kengashi raisi va bosh direktori Indra Nuyining asosiy vorislaridan biri sifatida ko‘rilayotgan edi. Uning ketish haqidagi qarori “kutilmagan” deya ta’riflanmoqda.
So‘nggi davrda PepsiCo ikkinchi top-menejerini yo‘qotmoqda: avvalroq Target Corp.ga rahbarlik qilgan Brayan Kornell kompaniyani tark etgandi.
Nuyi hozircha iste’foga chiqish rejalarini e’lon qilgani yo‘q, biroq qisqa vaqt ichida ikki Abdulla va Kornellning ishdan ketgani ehtimoliy vorislar ro‘yxatini qisqartirgan.
PepsiCo Abdullaning iste’fosini izohlarkan, prezident qariyb 20 yil davomida ishga “o‘z yuragi va qalbi”ni baxshida etganini qayd etdi. Abdullaning o‘zi hozircha hech qanday izoh berganicha yo‘q.
Izoh (0)