2014-yil 5-noyabr kuni Yaponiyaning elektr tizimlari va elektrotexnika vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Mitsubishi Electric korporatsiyasi Rossiyada “Mitsubisi Elektrik (RUS)” nomli sho‘ba korxonasi ochilganini e’lon qildi. Maxsus press-relizda aytilishicha, korxona ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma 2014-yil 26-iyun kuni olingan.
Yangi korxonaning bosh direktori Norisigu Uemeraning so‘zlariga ko‘ra, Mitsubishi Electric bu sho‘baga asos solish bilan nafaqat hozirda faol ish olib borayotgan Rossiya, Belorussiya, Ukraina va Armanistondagi pozitsiyasini mustahkamlashni, balki Qozog‘iston, O‘zbekiston va Ozarbayjon singari yangi bozorlarga chiqishni ham mo‘ljallagan.
“Mitsubisi Elektrik (RUS)” korporatsiya hozirda ish olib borayotgan Rossiyaning qator infratuzilma sohalaridan tashqari isitish tizimlari, sanoat avtomatlashuvi uskunlarining ventilyatsiyasi kabi sohalarda ham ish olib borishni rejalashtirgan. Shuningdek, Mitsubishi Europe’ning Moskva, Sankt-Peterburg va Yekaterinburgdagi filiallari ham o‘z ishini davom ettirishi aytilgan.
Izoh (0)