Gionee kompaniyasi ulkan quvvatga ega batareyali Marathon M3 smartfonini ishlab chiqardi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu smarfonda 4,5 dyuym 854×480 pikselli displey, 1,3 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 1 Gb tezkor va 8 Gb ichki xotira (+MicroSD), 0,3 megapikselli old va 5 megapikselli orqa kamera o‘rnatilgan.
Smartfon batareyasining quvvati 4000 mA·soatni tashkil etadi. Bu quvvat esa qayta zaryadlashgacha uch kunga bemalol yetadi. Batareyasining quvvati yuqoriligi bois smartfonning qalinligi ham kattaroq — 11,6 millimetr, og‘irligi esa 170 gramm.
Taqqoslash uchun: Note 4’da 3220 mA·soat, iPhone 6’da 1810 mA·soat, Xperia Z3’da esa 3100 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Gionee kompaniyasi joriy yilda dunyoning eng ingichka — 5,55 mm qalinlikdagi Elife S5.5 smartfonini ishlab chiqargan, undan keyin 5,15 mm qalinlikdagi Elife S5.1 smartfonini taqdim etdi. Hozirda esa dunyoning eng ingichka smartfoni deya 4,85 mm qalinlikdagi Oppo R5 qayd etilgan.
Izoh (0)