Toshkent xalqaro aeroportidagi “Toshkent-2” terminalining yuk tashish liniyasini almashtirish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Uz24.uz.
Milliy aviakompaniya bosh direktori V. N. Tyanning ma’lum qilishicha, aeroportni yaqin orada o‘zgarishlar kutmoqda. Hozirgi uchish zonalari uchun texnologiya qurilmalari va mebel olib kelish ko‘zda tutilgan. Turniket va bagajlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatishning eng yangi tizimi joriy qilinishi rejalashtirilgan.
Qo‘l bagaji uchun yetarli darajada aravachalar sotib olingan. Shuningdek, aeroport rahbariyati hozirgi ro‘yxatdan o‘tkazish maydonlarini kengaytirib, yo‘lovchilar o‘zlari ro‘yxatdan o‘tish imkonini beruvchi kiosklar o‘rnatishni rejalashtirgan.
Izoh (0)