O‘zbekistonlik iste’dodli tennischi Sanjar Fayziyev Turkiyaning Antaliya shahrida davom etayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Sanjar mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning birinchi davrasida ukrainalik Gleb Alekseyenko bilan to‘qnash keldi.
Ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida g‘alaba qozongan Fayziyev keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. O‘zbekiston vakilining ikkinchi davradagi raqibi Marko Tepavach bo‘ladi. Serbiyalik tennischi Antaliya turnirida uchinchi raqam ostida tasniflangan.
Izoh (0)