Italiyada Fiestalonia International xalqaro tanlovida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Selivanna Sin birinchi o‘rinni egallab, laureat maqomiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “Narodnoye slovo” gazetasi xabar bermoqda.
Toshkent Xalqaro Vestminster universitetining ikkinchi bosqichida ta’lim olayotgan Selivanna Sin tanlovda fransuz va rus tillarida ikki vokal kompozitsiyasini ijro etdi. Mazkur kompozitsiyalar tanlov hay’at a’zolari tomonidan 16—19 yoshdagi 87 nafar ishtirokchi orasida eng yaxshi “pop-vokal” deb topildi.
Selivanna 18 yoshidayoq bir necha bor Misr, Janubiy Koreya, Rossiya singari davlatlarda o‘tkazilgan ijodiy tanlovlarda O‘zbekiston sharafini himoya qilib, g‘oliblikka erishgan.
Izoh (0)