AQSh poytaxti Vashington shahri va Oregon shtati aholisi marixuana yetishtirish va saqlashni qonuniylashtirish uchun ovoz berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Vashingtonda 21 yoshdan kattalarga faqat o‘zi iste’mol qilishi uchun 2 unsiya (56,7 grammgacha) marixuana saqlash va olti giyoh o‘stirish uchun ruxsat berildi. Mahalliy OAVlariga ko‘ra, ovoz beruvchilarning 65 foizi marixuana savdosining taqiqlanishi, biroq uning bir unsiyasi (28,3 grammi)ni boshqa odamlarga bera olish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.
AQShning shimoli-g‘arbiy sohili bo‘yidagi Oregon shtatida ham 21 yoshdan oshganlarga marixuana yetishtirish, saqlash va sotishga ruxsat beriladi. Shu bois Kolorado va Vashington shtatlarida amal qilayotgan giyohvand modda savdosini nazorat qilish va soliqqa tortish tizimi Oregon shtatida ham joriy etiladi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Alyaska shtati aholisi ham marixuanani saqlash va yetishtirishga ruxsat berilishini so‘rab ovoz beradi. Taxminlarga ko‘ra, marixuanani qonuniylashtirish tashabbusini ovoz beruvchilarning 54 foizi qo‘llab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, marixuanani qonuniylashtirish bo‘yicha referendum Men shtatidagi ikki shaharda ham o‘tkaziladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda AQShda marixuanani qonuniylashtirish tarafdorlari ko‘payib bormoqda. Hozirda mazkur tashabbusni 54 foiz amerikalik qo‘llab-quvvatlamoqda. AQShning 20 dan ziyod shaharlarida marixuanadan tibbiy maqsadlarda foydalanishga ruxsat etilgan.
Izoh (0)