“Donetsk Xalq Respublikasi” va “Lugansk Xalq Respublikasi” saylov komissiyalari 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov natijalarini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
“DXR” rahbari sifatida 75 foiz ovoz olgan ayirmachi respublikaning amaldagi bosh vaziri Aleksandr Zaxarchenko saylandi. Vakillik organi hisoblangan Xalq kengashiga saylovlarda uning boshchiligidagi “Donetsk Respublikasi” harakati g‘alaba qozondi.
“LXR” rahbarligiga esa respublikaning amaldagi boshlig‘i Igor Plotnitskiy 63 foiz ovoz bilan saylandi. Parlament saylovida esa uning rahbarligidagi “Luganshinaga tinchlik” partiyasi g‘alaba qozongani aytilgan.
Izoh (0)