NATOning Yevropadagi kuchlari bosh qo‘mondoni Filip Bridlav yangi qo‘shinlar va texnik uskunalar lozimligini va Ukrainadagi voqealar tufayli “muzlatilgan mojaro” boshlanishidan xavotirda ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Amerikalik general Pentagondan qo‘shimcha kuchlarni so‘rab, ularga Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha va Ruminiyada ehtiyoj borligini ma’lum qilgan. U NATO va Moskva munosabatlari strategik burilish nuqtasiga qarab ketayotganidan ogohlantirgan.
Shuningdek, Bridlav ish Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi chegara demarkatsiya qilinishiga qarab ketayotganini ta’kidlagan. Qo‘mondon Rossiyaning chegara hududlarida birdaniga 7 ta brigada o‘z joyini o‘zgartirayotganligi tufayli ulardagi askarlar sonini aniq aytish qiyinligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)