Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Lugansk Xalq Respublikasi” va “Donetsk Xalq Respublikasi”da o‘tkazilgan saylovlar yuzasidan bayonot berdi, deb xabar qildi Korrespondent.net.
“Xitoy har doimgidek boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslikni yoqlaydi. Biz Ukraina suvereniteti va hududiy mustaqilligini hurmat qilamiz. Umid qilamizki, hozirgi vaziyatda mojaroning barcha tomonlari muammoni siyosiy yo‘llar bilan yechish uchun o‘t ochishni to‘xtatish rejimini qo‘llaydi, bosiqlikni saqlay oladi, boshlangan dialogni davom ettirib, bir-birini xabardor qiladi”, − dedi Xitoy TIV vakili Xua Chunyin.
Avvalroq, 2-noyabr kuni Ukraina sharqidagi Donetsk va Lugansk viloyatlarida bo‘lib o‘tgan saylovlarni AQSh, Yevropa Ittifoqi va Ukraina tan olmagani xabar berilgan edi.
Izoh (0)