Toshkentdagi “Huvaydo” avtobus bekati mahalliy tadbirkor tomonidan qayta qurildi. Bu haqda Facebook’dagi “Obshchestvenniy kontrol” sahifasida ma’lumot berilgan, deb xabar bermoqda “Kun”.
Xabarda qayd etilishicha, oynavand bekat “qish—yoz” konditsioneri bilan ta’minlangan. “Ya’ni bu bekatda qishda issiq, yozda esa salqin bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Xabarga ilova qilingan fotosuratda bekatning old va orqa tomonlari to‘la oynavand ekanini, ichiga skameykalar o‘rnatilgani va unga oynavand eshik orqali kirilishini ko‘rish mumkin.
Qayd etishlaricha, bu bekatni qurish tashabbusi mahalliy tadbirkor Qahramon Jo‘rayevdan chiqqan. Bu tadbirkor nima ish bilan shug‘ullanishiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)