Sony kompaniyasi 2014-yilning uchinchi choragi yakunlarini e’lon qildi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Sony ushbu chorakni 762 million dollar zarar bilan yakunladi. Shuningdek, kompaniya eng katta — 1,58 milliard dollar zararni mobil qurilmalar savdosidan ko‘rgan. Kompaniyaning boshqa mahsulotlari nisbatan ko‘proq foyda keltirgan, ayniqsa eng foydali deb Apple va boshqa kompaniyalarga sotilayotgan kamera sensorlarini keltirish mumkin.
Sony 9,9 million dona Xperia smartfonlarini sotgan bo‘lsa-da, ushbu qiymat, uning smartfon sotish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egallashiga xizmat qila olmadi. Mutaxassislarning fikricha, Xperia smartfonlarining yuqori xususiyatlilari ancha omadli, o‘rta darajadagilari esa ko‘p e’tibor jalb qila olmayapti.
Kompaniyaning moliya bo‘limi rahbari Kenichiro Yoshidaning so‘zlariga ko‘ra, Sony keyingi yilda 3,5 milliard dollar foyda ko‘rishi kutilmoqda.
Izoh (0)