Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi noyabr oyi o‘rtalaridan boshlab futbol bo‘yicha Hindiston Superligasi o‘yinlarini boshqaradi, deb xabar bermoqda 12news.uz.
“Ravshan Ermatov jahonning eng yaxshi hakamlaridan biri hisoblanadi. U JARdagi jahon chempionatida 5 ta, Braziliyada esa 4 ta o‘yinni boshqardi. Bu Ermatovning qay darajada ekanligidan dalolat beradi”, − dedi Hindiston Futbol Federatsiyasi vakili.
Ta’kidlash joizki, Ravshan Ermatov jahon chempionatlarida jami 9 ta o‘yinni boshqarib, bu borada rekord qo‘ygan. Shunigdek, u 4 marta Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan.
Izoh (0)