Qirg‘iziston National Geographic Traveler Awards 2014 eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari reytingida “Sog‘lomlashtiruvchi hordiq” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi pog‘onada turibdi, deb xabar berdi “Vecherniy Bishkek”.
National Geographic Россия jurnali saytida onlayn tarzda ovoz berish davom etmoqda.
Qirg‘iziston Respublikasi 83,35% ovoz to‘plagan holda peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, bu nominatsiyada Isroil (7,85%), Islandiya (2,93%), Vengriya (2,49%), Sloveniya (1,38%), Fransiya Polineziyasi (0,83%), Janubiy Koreya (0,77%), Italiya (0,28%), Indoneziya (0,11%) hamda bitta ham ovoz to‘play olmagan Vetnam qatnashmoqda.
So‘rovnoma jurnal saytida 25-iyundan buyon olib boriladi. Internet-nashr 10-noyabrga qadar 18 ta nominatsiya bo‘yicha, jumladan, plyajdagi, ekskursiyadagi va qishki hordiq, yil yangiligi, shopping qilish uchun eng yaxshi shahar, dunyoning eng yaxshi aeroporti va shu kabi nominatsiyalarda g‘olib davlatni aniqlash uchun ishtirokchilarga ovoz berish imkoniyatini beradi.
Izoh (0)