Ukrainaga qarshi jinoyatlari uchun xalqaro qidiruvga berilgan shaxslarni sirtdan sud qilish va ularning mol-mulklarini musodar qilish to‘g‘risidagi qonun 2014-yil 31-oktabrdan kuchga kirdi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Ushbu qonun Ukrainaning Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartishlar kiritishni ko‘zda tutadi. Unga ko‘ra, konstitutsiyaviy tuzumni kuch bilan o‘zgartirish va yiqitish, Ukraina hududiy yaxlitligi va daxlsizligiga, davlat yoki jamoat arboblarining hayotiga tajovuz qilish, qo‘poruvchilik, josuslik, teraktlar uyushtirish va terrorchilik tashkilotlari tuzishga chaqirish, noqonuniy qurollangan birlashmalar tashkil qilish kabi jinoyatlar uchun sirtdan sud qilinishi mumkin.
Qonun Ukraina Oliy Radasi tomonidan 7-oktabrda qabul qilingan bo‘lib, mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko tomonidan 21-oktabr kuni imzolangan. Poroshenko o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali o‘sha kuniyoq sobiq prezident Viktor Yanukovichni sud qilish imkonini beruvchi qonunni imzolaganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)