Toshkent shahrida kelayotgan to‘rt yil mobaynida transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Podrobno.uz.
Jumladan, 2015-2018-yillarda Chilonzor tumanida Qatortol va Shuhrat ko‘chalari kesishuvida yangi transport tuguni qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda tuman hokimi Sayfulla Ahmedov ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, “Qatortol” bozori atrofidagi transportlar joylashuvi muammolari ham yechiladi. Bozor yaqinidagi tirbandlik ko‘p kuzatiladigan yo‘l 7-10 metrga kengaytiriladi.
Izoh (0)