O‘zbekistonlik hujumchi Bahodir Nasimov kuni kecha Eronning “Padide” klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda Persianfootball.com saytiga tayanib, Stadion.uz xabar bermoqda.
Samarqandlik 27 yoshli hujumchi yozga qadar Eron Pro-ligasida Mashhad shahri sharafini himoya qiladigan klub safida to‘p suradi. Nasimov fors klubi tarkibiga erkin agent sifatida o‘tdi.
Bungacha Bokuning “Neftchi” klubi safida to‘rt yil o‘ynab, 40 ga yaqin gol muallifiga aylandi. Biroq 2014-yilning yozida bokuliklar Nasimov bilan shartnomani uzaytirishni istamadi.
Bahodir Nasimov futbolchilik faoliyatini Samarqandning “Dinamo” klubida boshlagan. Keyinchalik “Bunyodkor” safida Hamdo‘stlik kubogida ishtirok etdi va shundan so‘ng, Qozonning “Rubin” klubi safiga o‘tdi.
Izoh (0)