Fransiyaning Nant shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollaridan iborat turnir davom etmoqda, deb xabar berdi “Olamsport”.
Ushbu musobaqada O‘zbekistonning birinchi va ikkinchi raqamli tennischilari Nigina Abduraimova hamda Oqgul Omonmurodova ham ishtirok etayotgan edi.
Ammo har ikki hamyurtimiz ham birinchi davrada mag‘lubiyatga uchradi. Nigina Abduraimova qozog‘istonlik Yuliya Putinsevaga 2:6, 5:7, Oqgul Omonmurodova esa ispaniyalik Lara Arruabarrenaga 6:1, 1:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Izoh (0)