“Bizning uyimiz Isroil” partiyasi deputati Robert Ilatov masjidlardan musulmonlarni azon aytib namozga chaqirish huquqini olib qo‘yish taklifini ilgari surdi, deb xabar bermoqda The Washington Post.
Deputat bildirgan qonun loyihasiga binoan, Isroil hukumati odamlarni baland ovozda chaqiruvchi moslama qo‘llashni taqiqlashi mumkin.Qonun loyihasi muallifi fikriga ko‘ra, Galiley, Quddus, Negeva va boshqa shaharlar markazida istiqomat qiluvchi bir necha yuz minglab fuqarolar muazzinlar ovozidan behalovat bo‘lar ekan.
Shu partiyaning boshqa bir deputati 2011-yilda xuddi shunday taklif bilan chiqqan. Bu taklifni ichki ishlar vazirligi hamda partiya rahbari Avigdor Liberman, hamda bosh vazir Benyamin Netanyahu qo‘llab quvvatlagan. Ammo, qonun loyihasi amalda ijro etilmagan.
Isroil aholisining deyarli 20 foizi arablardan iborat va ularning ko‘pchiligi musulmonlardir.
Izoh (0)