Arabian Gazette va The National’ning xabar berishicha, Sony kompaniyasi Dubay qirg‘og‘ida smartfon va planshetlar sotiladigan dunyodagi ilk suvosti do‘konini ochadi. Ochilish marosimi 3-dekabr kuni ayrim xaridor va OAV xodimlari bilan amalga oshiriladi, deb yozadi Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri.
Sony’ning ushbu do‘koni Xperia Aquatech Store deb nomlanadi va u 4 metr suv ostida joylashadi. Hozircha, do‘kon haqida boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Sony kompaniyasi 2013-yilda ilk suv o‘tkazmas Xperia Z smartfoni va Xperia Tablet Z planshetlarini taqdim etgan edi. Kompaniyaning so‘nggi Xperia Z3, Xperia Z3 Compact smartfonlari va Xperia Z3 Tablet Compact planshetlari yanada yaxshiroq suv o‘tkazmaslik xususiyatiga ega.
Izoh (0)