53 yoshli argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradona o‘zi pul va qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlaganlikda gumon qilgan 24 yoshli qaylig‘i Rosio Olivaning ayblanishidan voz kechdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Mahalliy matbuotning xabar berishicha, Maradona qaylig‘ining mobil telefon bilan ovoraligidan jahli chiqib, uni urgani suratga tushirilgan videolavhaning internet va televideniyeda tarqalib ketgach, politsiyadan o‘z arizasini qaytarib olgan.
Video ancha oldin yozib olingani ma’lum qilingan. Joriy yilning aprel oyida Maradona va Rosio ajrashgani, keyinroq esa yarashgani xabar berilgan edi. Endi politsiyadan o‘z arizasini qaytarib olgan Maradona Rosioni o’zi yashayotgan va oshlayotgan Dubayda kutishini aytib o‘tgan.
Izoh (0)