Turkmaniston mustaqillik kuni arafasida − 25 oktabr kuni Ashxoboddagi Turkmaniston bosh drama teatrida prezident Gurbanguli Berdimuhammedovning “Döwlet guşy” (Baxt qushi) romani asosidagi spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi. Buhaqda Turkmaniston Davlat axborot agentligi xabar bermoqda.
Asar prezidentning otasi Malikguli Berdimuhammedov va uning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi hayotiga bag‘ishlangan. Sepktakl so‘ngida qahramon vatanga muhabbat haqidagi monolog bilan chiqadi, shuningdek, ajdodlarining buyuk ishlarini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan o‘g‘liga minnatdorchilik bildiradi.
Premyerada hukumat a’zolari, parlament vakillari, madaniyat arboblari va xorijlik diplomatlar ishtirok etgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, premyera muvaffaqiyatli o‘tkazilgan va yakunda ijodkorlar tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘lgan.
Izoh (0)