Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu La Liganing 2013—2014-yilgi mavsumida eng yaxshi hujumchi nominatsiyasida g‘olib bo‘lganini haqqoniy deb hisoblashini aytib o‘tdi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
“Bu sovrinni qo‘lga kiritganimdan xursandman. Bu meni yanada baxtli qiladi. Menga ovoz bergan insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Bu sovrinni haqqoniy tarzda qo‘lga kiritdim. Kelgusi mavsumda ham mazkur sovrinni qo‘lga kiritishni istayman”, — dedi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, La Liganing eng yaxshi hujumchisi va eng yaxshi futbolchisi nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, uning 36-turda “Valensiya” darvozasiga kiritgan goli La Liganing mavsumdagi eng chiroyli goli deb topildi.
Shu bilan bir qatorda, 6-noyabr kuni portugaliyalik futbolchiga o‘tgan mavsum to‘purariga atalgan “Oltin butsa” sovrini topshiriladi.
Izoh (0)