O‘zbekistonning uchinchi raketkasi Sabina Sharipova Tailandning Pxuket shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha ITF toifasiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan Sabina ilk davrada mezbonlar vakilasi Peanktarn Plipuyechni 7:6(2), 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
Bugun yana bir o‘zbekistonlik tennischi Vlada Yakshibarova yaponiyalik Mizino Kijima bilan hisob-kitob qiladi.
Izoh (0)