O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Avstraliyaga 3-yanvar kuni tashrif buyuradi, deb xabar berdi Stadion.uz. Terma jamoamiz Sidney yaqinidagi Rokdeyl shaharchasidagi bazada istiqomat qiladi va mashg‘ulot o‘tkazadi.
Terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov beshinchi yoki 6-yanvar kuni Avstraliyada bitta o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazish niyatida ekanini ta’kidlab o‘tgandi. Dekabr oyida esa bosh jamoamiz BAAda 2 haftalik yig‘in o‘tkazadi va unda 8ta o‘rtoqlik uchrashuvinida maydonga tushishni rejalashtirgan.
O‘zbekiston Osiyo kubogidagi dastlabki bahsini 10-yanvar kuni KXDRga qarshi o‘tkazadi. Keyingi o‘yinlar esa 14-yanvar (Xitoy) va 18-yanvar (Saudiya Arabistoni) kunlariga belgilangan.
Izoh (0)