Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasin Moskva Ukraina Oliy Radasi uchun saylovni bo‘lib o‘tgan deb tan olishini ma’lum qildi, deya xabar berdi “Segodnya”.
“Biz saylovning rasmiy yakunlarini kutyapmiz, hozircha turli xildagi ma’lumotlar tarqalmoqda. Biroq saylovlar bo‘lib o‘tgani haqidagi yaqqol xulosaga hozirdan kelish mumkin”, − dedi u.
Avvalroq, Ukrainada 26-oktabr kuni Oliy Rada uchun o‘tkazilgan saylovlarning dastlabki yakunlariga ko‘ra mamlakat bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning “Milliy front” va prezident Pyotr Poroshenkoning “Pyotr Poroshenko bloki” partiyalari yetakchilik qilayotgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)