O‘zbekistondagi seysmik stansiyalar soni deyarli ikki baravarga oshib, 32 tadan 60 taga yetdi deb xabar bermoqda 12news.uz.
Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Toshkentda tashkillashtirilgan davra suhbati chog‘ida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, fizika-matematika fanlari doktori Sabriddin Xusomiddinov ma’lum qilgan.
“Shuningdek, xorijiy investitsiyalar evaziga yana 6 ta seysmik stansiya qurilishi rejalashtirilgan”, − dedi seysmolog.
Izoh (0)