Zambiya janubida parom halokatga uchrab, 26 kishi halok bo‘ldi. Ulardan 23 nafari bolalar edi, deb xabar bermoqda “TASS” Afrika OAVlariga tayanib.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur baxtsiz hodisa 24-oktabr kuni Kariba ko‘lida sodir bo‘lgan. Huquqni muhofaza qilish organlarining xabar berishicha, halokatga kemaning haddan ziyod to‘lib ketgani sabab bo‘lgan.
Hozirda qutqaruv ishlari olib borilayotgan bo‘lib, ularga politsiyachilar va harbiylar jalb qilingan.
Izoh (0)