Google kompaniyasi bosh menejeri Alan Yustas 24-oktabr kuni avstriyalik Feliks Baumgartnerning parashyutda stratosferadan sakrash bo‘yicha o‘rnatgan rekordini yangiladi. 57 yoshli menejer rekordi AQShning Nyu-Meksiko shtatida o‘rnatildi, deb xabar bermoqda “TASS” mahalliy OAVlariga tayanib.
Google prezidenti o‘rinbosari geliy bilan to‘ldirilgan havo shariga mahkamlangan maxsus kapsulada 41,4 ming metr balandlikka ko‘tarildi. Stratosferaga ikki soatda yetib olgan menejer bir necha daqiqani u yerda o‘tkazdi.
Yustas sakragach, uning tezligi soatiga 1287 kilometrga yetdi. Parashyut 5,5 kilometr balandlikka yetganda chiqarildi. Umumiy hisobda yerga qo‘nish uchun 15 daqiqa vaqt ketdi.
Yustasning ma’lum qilishicha, u stratosferadan sakrash haqidagi qarorni 2011-yilda qabul qilgan. Uch yillik davr tayyorgarlik bilan o‘tgan. Google prezidenti o‘rinbosari o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, mazkur sayohatdan ko‘ngli to‘lganini ma’lum qildi.
Izoh (0)