Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg Pekindagi Sinxua universiteti iqtisodiyot va menejment maktabi talabalari oldida xitoy tilida chiqish qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Ushbu maktabning maslahat kengashiga a’zo bo‘lgan tadbirkor uchrashuv chog‘ida nafaqat bayonot qilgan, balki ishtirokchilarning savollariga ham javob bergan. Sukerberg faqatgina xitoy tilida gapirgan, garchi uning aksent bilan so‘zlagani tushunishni qiyinlashtirgan bo‘lsa ham, talabalar baribir hayratda qolgan.
Uchrashuv chog‘ida Sukerberg o‘tgan yili o‘z kompaniyasiga 20 nafar xitoylik talaba ishga olingani va kelajakda xitoylik muhandislarni olishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. Xitoyda Facebook’ga kirish taqiqlanganiga qaramay, kompaniyaning Gongkongdagi ofisi xitoylik tadbirkorlar uchun reklama imkoniyatlarini taqdim etayotganini aytib o‘tgan.
Izoh (0)