Buyuk Britaniya shimoli-sharqidagi Xartlpula shahri makatablaridan birining boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi Sharlotta Tumiltiga tatuirovkalari tufayli birinchi ish kunidayoq dars o‘tish taqiqlab qo‘yildi, deb xabar bermoqda Metro.
26 yoshli Tumiltining aytishicha, uni uyiga jo‘natib, terisiga plastir yopishtirib chiqishni yoki bint bilan o‘rashni so‘rashgan. Maktab vakillari esa unga dars o‘tish taqiqlanmaganini, balki tatuirovkalarni yopib kelish so‘ralganini ma’lum qilgan.
Ikki farzandning onasi bo‘lgan Sharlotta ushubu hodisadan keyin qo‘lidagi taturiovkalarni yopib turadigan uzun yengli kiyim sotib olgan. Lekin maktab baribir uning bo‘yni va barmoqlaridagi tatuirovkalarga e’tiroz bildirayotganini aytgan.
Izoh (0)