Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Bryusselda energetika bo‘yicha o‘tkazilgan maslahatlashuvlar yuzasidan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Poroshenko va Putin Donbassda o‘t ochishni butunlay to‘xtatish va artilleriya tinchligini ta’minlash zarurligini ta’kidlagan. Shuningdek, Milanda turli formatda o‘tkazilgan muzokaralar yakuni asosida gaz sohasidagi hamkorlik ham muhokama qilingan.
Ukraina prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Pyotr Poroshenko Yevropa komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozu bilan ham energetika sohasida maslahatlashuvlar o‘tkazgan.
Izoh (0)