Moskvaning Vnukovo aeroportida Fransiyaning Total neft kompaniyasi prezidentining samolyoti halokatga uchrashi bo‘yicha surishtiruv ishlari to‘rtta versiya bo‘yicha olib borilmoqda, deb xabar berdi Korrespondent.net.
Rossiya Tergov qo‘mitasi Moskva mintaqalararo transport surishtiruvi boshqarmasi havo va suv transporti tergovi bo‘limi boshlig‘i Ivan Sibulaning ma’lum qilishicha, halokat uchuvchilarning, Vnukovo aeroporti dispetcherlarining, samolyot bilan to‘qnashib ketgan qor tozalovchi mashina haydovchisining aybi bilan yoki noqulay ob-havo tufayli sodir bo‘lgani ehtimollari bor.
Avvalroq, Total prezidenti Kristof de Marjeri va uch ekipaj a’zosi o‘rin olgan yengil dvigatelli samolyot Vnukovo aeroportida qor tozalovchi mashina bilan to‘qnashib ketishi oqibatida samolyotdagi barcha kishilar halok bo‘lgani, hech qanday zarar ko‘rmagan qor tozalovchi mashina haydovchisi esa mast holatda bo‘lgani aniqlangani xabar berilgan edi.
Izoh (0)