• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda gaz qazib olish ko‘payish o‘rniga, yana qisqardi

    O‘tgan yili gaz qazib olish hajmi 2,1 mlrd metr kubga kamaydi. Tasavvur qilinsa, bu hajm bir nechta viloyat aholisi va tashkilotlari maishiy ehtiyojini qondira olardi. Masalan, 2023-yilda Toshkent shahri va viloyatidan tashqari hududlar (har biri) yillik ehtiyoji 2 mlrd metr kubdan sezilarli kam bo‘lgan. Jumladan, respublika miqyosida aholisi eng ko‘p Samarqand viloyatiga 1,6 mlrd metr kub gaz berilgan.

    Oxirgi ikki yilda O‘zbekistonda qazib olinayotgan gaz hajmi sezilarli qisqarish trendiga o‘tgan. Bu hatto ichki ehtiyojni qondirishga yetmaydigan darajada kam. Statistika agentligi maʼlumotiga ko‘ra, 2024-yilda mamlakatda gaz qazib olish hajmi keskin qisqarib, 44,6 mlrd metr kubni tashkil etgan. 2023-yildagi hajm qazilgan hajm 46,7 mlrd metr kub edi. Bunda o‘tgan yildagi qisqarish 2,1 mlrd metr kub (4,5 foiz) bo‘lgan.

    Infografika: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

    Gaz qazishda qayd etilgan mazkur qisqarishni viloyatlar aholisi va korxonalar isteʼmoliga qarab taqqoslash mumkin. Jumladan, 2023-yilda O‘zbekistonda umumiy tabiiy gaz isteʼmoli hajmi 47,5 mlrd kub metrni tashkil etgan. Shundan mamlakatdagi isteʼmolchilarga texnik va kommunal-maishiy ehtiyojlari uchun 20,4 mlrd kub metr tabiiy gaz berilgan. Hududlarga quyidagi hajmlarda gaz yetkazilgan:

    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi —1 mlrd 368 mln kub metr;
    • Andijon viloyati —1 mlrd 88 mln kub metr;
    • Buxoro viloyati — 1 mlrd 301 mln kub metr;
    • Jizzax viloyati — 830 mln kub metr;
    • Qashqadaryo viloyati — 766,3 mln kub metr;
    • Navoiy viloyati — 669,4 mln kub metr;
    • Namangan viloyati — 1 mlrd 134 mln kub metr;
    • Samarqand viloyati — 1 mlrd 577 mln kub metr;
    • Surxondaryo viloyati — 676,6 mln kub metr;
    • Sirdaryo viloyati — 501,9 mln kub metr;
    • Toshkent viloyati — 3 mlrd 522 mln kub metr;
    • Farg‘ona viloyati — 1 mlrd 937 mln kub metr;
    • Xorazm viloyati — 1 mlrd 244 mln kub metr;
    • Toshkent shahri — 3 mlrd 757 mln kub metr.
    Infografika: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

    Respublikada gaz qazib olish hajmi har yili turli raqamlarda qayd etib kelinmoqda. Statagentlik taqdim etgan faktlarga qaraganda, 2010–2022-yillardagi gaz qazib olish ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘lgan:

    • 2010-yilda 65,9 mlrd metr kub;
    • 2011-yilda 63 mlrd metr kub;
    • 2012-yilda 61,5 mlrd metr kub;
    • 2013-yilda 58,3 mlrd metr kub;
    • 2014-yilda 54,1 mlrd metr kub;
    • 2015-yilda 54,6 mlrd metr kub;
    • 2016-yilda 56,1 mlrd metr kub;
    • 2017-yilda 56,6 mlrd metr kub;
    • 2018-yilda 61,6 mlrd metr kub;
    • 2019-yilda 56 mlrd metr kub;
    • 2020-yilda 49,8 mlrd metr kub;
    • 2021-yilda 53,8 mlrd metr kub;
    • 2022-yilda 51,7 mlrd metr kub.
    Infografika: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

    2022-yil 28-yanvar kuni “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilingan. Hujjatda respublika bo‘yicha tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini 2022-yilda 56,3 mlrd metr kub metrgacha, ya’ni 2019-yildagi darajagacha oshirish vazifasi qo‘yilgan. Biroq o‘sha yili mamlakatda 2021-yildagidan 2,1 mlrd metr kub kam — 51,7 mlrd metr kub gaz ishlab chiqarilgan. Farmonda belgilab qo‘yilgan gaz qazib olishni ko‘paytirish vazifasi 2023-yilda ham, 2024-yilda ham bajarilmagan. Qaytangi, 2023-yildan gaz qazib olish hajmi keskin pastga “sho‘ng‘ib” bormoqda. 

    2023-yilda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida” prezident farmoni imzolandi. Mazkur hujjatda marralar yanada katta olingani ko‘rinadi. Yaʼni 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlar qatorida tabiiy gaz qazib olish hajmini 62 milliard metr kubga yetkazish ko‘rsatilgan. Ammo hali 2022-yildagi ko‘rsatkichlarga erishish ham savol ostida qolmoqda. Chunki o‘tgan 2024-yilda oxirgi 15 yildagi eng kam gaz qazib olindi. 

    Joriy yilda ham gaz qazish ko‘rsatkichlari pasayish ehtimoli yuqori. Chunki mamlakatdagi eng yirik gaz ishlab chiqaruvchi “O‘zbekneftgaz” AJ prognozlarini keskin pasaytirgan. Jumladan, kompaniya 2025-yilda 26,5 mlrd metr kub gaz qazib olinishini maʼlum qilgan. Ikki yil ilgari esa bu prognoz 34,1 mlrd metr kub edi. Aslida prognozlar 7,5 mlrd metr kubga kamayishi juda katta raqam.  

    “O‘zbekneftgaz” qidiruv, qazish, burg‘ulash uchun ajratilayotgan trillionlab mablag‘larga qaramay, gaz qazib olishni uzluksiz qisqartirib kelmoqda. Masalan, kompaniya masʼullari 2023-yilda 32,2 mlrd metr kub gaz qazib olish rejalashtirilganini aytgan. Aslida, dastlabki prognozlar 34,1 mlrd metr kub bo‘lib, gaz qazish hajmi kamayib borayotgani sabab 32,2 mlrd metr kubga pasaytirilgan. O‘tgan yilgi davlat dasturida belgilanishicha, “O‘zbekneftgaz” 2024-yilda 29,3 mlrd kub metr gaz ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Amalda bu rejalar bajarilganmi, yo‘q, nomaʼlum.

    Garchi qazib olish hajmlari kamayib borayotgan bo‘lsa-da, gaz eksporti to‘xtatilmayapti. Xususan, o‘tgan yili O‘zbekiston 2023-yildagidan (529 mln dollar) 18,4 foizga ko‘proq — 627,6 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qilgan.

    Shu bilan birga, 2024-yilda gaz importi rekordi yangilangan. Yaʼni yil davomida mamlakatga qariyb 1 mlrd 679 mln dollarlik gaz import qilingan. 2023-yilgi import ko‘rsatkichi 695 mln dollarni tashkil etgan.

    In particular, the most popular population of the republic has given 1.6 billion cubic meters of gas.
     
    28 yanvar, 12:18   Izoh (0)   6155
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda gaz inqirozi: qanday qilib eksportchidan importchiga aylanib qoldik? 

    20.12.2024, 18:31

    O‘zbekistonda 2024-yilda gaz 129, elektr 67, issiq suv 32 foizga qimmatladi

    1 yanvar, 17:35

    O‘zbekistonda gaz, elektr va yonilg‘i qimmatlashadi. Bu boshqa tovar va xizmatlar narxiga qanday taʼsir qiladi?

    16 yanvar, 16:32

    Gaz eksporti to‘xtamagan, avtomobil importi kamaygan — 2024-yilda O‘zbekiston tashqi savdosi qanday bo‘ldi?

    21 yanvar, 14:55

    Bahorda energiya narxlari oshirilishi inflyatsiyaga qanday taʼsir qiladi? Markaziy bank raisi javob berdi

    27 yanvar, 12:17

    O‘zbekistondagi mingdan ortiq dorixonalarda dori vositalari narxi asossiz oshirib sotilgani aniqlandi  

    28 yanvar, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kulolchilik, fokus ko‘rsatish va oshpazlik: mashhurlarning yana qanday yashirin iqtidorlari bor?

    Shou-biznes | 27 iyun, 13:53

    Xabi Alonso “Real”ning himoyasi haqida: “Barcha futbolchilar orqaga qaytishi kerak”

    Sport | 27 iyun, 13:37

    “O‘zgidromet” 28-iyunda qanday ob-havo kutilayotganini e’lon qildi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 13:25

    Rossiyada migrant haydovchilarni ishdan bo‘shatish taklif qilindi

    Dunyo | 27 iyun, 13:08

    Tramp va Netanyaxu G‘azodagi urushni tugatishga kelishib oldi — OAV

    Dunyo | 27 iyun, 12:33

    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud?

    Reklama | 27 iyun, 12:00

    Son Xyon Min “Tottenhem”ni tark etishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyun, 12:20

    “AQSH zarbalardan hech qanday yutuqqa erishmadi” — Eron oliy rahnamosi (video)

    Dunyo | 27 iyun, 12:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.