Britaniyalik olimlar mumiyolangan jasadning anatomik xususiyatlari asosida tashqi ko‘rinishni kompyuterda modellashtirish yordamida Misr fir’avni Tutanxamonning eng batafsil portretini yaratdi, deb xabar bermoqda “TASS”. U oltin niqob bilan ko‘milgan fir’avn qiyofasiga unchalik ham o‘xshamaydi.
Olimlarning fikrlariga ko‘ra, 19 yoshida vafot etgan Tutanxamonning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lmagan. Uning tishlari qatori egri bo‘lgan va pastki jag‘i oldinga chiqib turgan, chap oyog‘ining to‘pig‘i va tovoni orasi ancha qayrilib qolgan, shuningdek, beli keng va yelkasi tor bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, Tutanxamon Misr fir’avnlari oilalarida urf bo‘lgan yaqin qarindoshlar orasidagi nikohlar natijasida yuzaga kelgan irsiy kasalliklar bilan og‘rigan.
Tadqiqot natijalari BBC telekanalida efirga uzatilishi kutilayotgan “Tutanxamon: ochiq haqiqat” nomli hujjatli filmda to‘liq namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)