Saudiya Arabistoni vakillari neft bozori ishtirokchilari va tahlilchilar bilan so‘nggi uchrashuvlar chog‘ida Ar Riyod keyingi bir-ikki yil davomida neftning bir barrelini 90 dollardan kamroq, hattoki 80 dollardan sotishga tayyorligini bildirgan, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Uchrashuvlar qatnashchilarining so‘zlariga ko‘ra, bu o‘rta muddatli istiqbolda neftdan yuqoriroq daromad olish imkonini beradi. Chunki, neftning past narxda bo‘lishi ishlab chiqaruvchilarni yangi sohalarga, jumladan, chuqur suvosti qazish ishlari va AQShning slanets neft konlari loyihalariga sarmoya kiritishni muzlatib qo‘yishga majbur qiladi.
Kuniga 9,7 million barrel neft qazib oladigan Saudiya Arabistoniga OPEK (Neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti) davlatlari neftining uchdan bir qismi to‘g‘ri keladi. Saudiya Arabistoni neft qazib chiqarish hajmini o‘zgartirish evaziga “qora oltin” narxiga ta’sir eta oladigan davlatlardan hisoblanadi. Neft qazib chiqarish hajmini va narxini tushirish bo‘yicha qolgan neft eksport qiluvchi davlatlar Ar Riyod bilan bir xil fikrda emas.
Izoh (0)