Futbol bo‘yicha Braziliya chempionatining “Palmeyras” va “Santos” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanishidan avval futbol ishqibozlarining janjali muxlislardan birining o‘limiga olib keldi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Muxlislarning to‘qnashuvi avtomobil yo‘li o‘rtasida yuzaga kelgan. Oqibatda ularning birini avtomobil urib yuborgan, yana ikki nafar kishi jarohat olgan. Politsiyaning ma’lum qilishicha, muxlislarning biri o‘qdan jarohatlangan.
Jami, Lance gazetasining ma’lumotlariga ko‘ra, 1998 yildan boshlab hozirgi kunga qadar Braziliyada futbol ishqibozlarining to‘qnashuvi natijasida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)