Yaqinlashib kelayotgan gripp mavsumida amerikalik shifokorlar Ebola bilan bog‘liq vahima to‘lqini ko‘tarilishidan xavotirga tushmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Shifikorlarning so‘zlariga ko‘ra, ular har yillik gripp epidemiyasi tarqaladigan davrda shamollagan bemorlarning o‘zini Ebola bezgagi bilan kasallangan deb o‘ylaydiganlarini joylashtirish uchun qo‘shimcha joylar hozirlashga kirishgan.
Ta’kidlash joizki, gripp belgilari Ebola simptomlariga ancha o‘xshash: isitma, ko‘ngil aynishi va tanadagi og‘riqlar. Hozirgacha “yolg‘on Ebola” haqida o‘nlab xabarlar kelib tushgan. Masalan, Afrikadan qaytib kelgan bir ayol ko‘ngil aynishidan shikoyat qilib Long Aylenddagi shifoxonaga murojaat qilgan. O‘zining Ebola virusi bilan zararlanganiga ishongan ayol tekshirib ko‘rilganda kasallik belgilari aniqlanmagan, ammo homiladorlik uchun tekshiruv ijobiy chiqqan. Shunday holatlardan kelib chiqqan shifokorlar aholi orasida vahima ancha ko‘p bo‘lishini kutmoqda.
Izoh (0)