Universitet xodimi Yoshitomo Imura 3D-printer yordamida to‘pponcha yaratganligi uchun 2 yil qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqda Le Figaro'ga tayangan holda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Kavasaki shahrida istiqomat qilgan Imura hibsga olinishidan sal avval 3D-printer yordamida o‘zi yasagan qurolni namoyish etuvchi videoni internetga yuklagan. Shundan so‘ng, politsiya bu haqda xabar topgan.
Sud jarayoni davomida ayblanuvchi to‘pponcha yasaganini tan oldi, ammo u bu kabi harakatlar qonunga xilof ekanligidan bexabar bo‘lganini ma’lum qildi.
Shunga qaramay, Yokogama shahri sudi “jinoiy javobgarlik jiddiy bo‘lgan”, deya qaror chiqardi.
Izoh (0)