Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi rahbari Xelen Klark xonim hamda Gumanitar yordam va fuqarolik mudofaasi bo‘yicha Yevropa komissiyasi Bosh direktorligi vakillari Toshkent fuqarolik mudofaasi institutida Toshkent zilzilalar simulyatsiyasi majmuasini ochdi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Majmua seysmik faolligi yuqori bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi O‘zbekistonda zilzilalarga tayyorgarlik ko‘rishni tashkillashtirish maqsadida ochildi. Aholining tabiiy ofatlar to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish va bunday vaziyatlardagi matonatini o‘stirish orqali tayyorgarlik darajasini ko‘tarish majmuaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Klark xonim majmuaga tashrifi davomida sun’iy zilzila simulyatsiyasida ham qatnashgan. Majmua qurilishida yuqorida keltirilgan xalqaro tashkilotlar bo‘linmalaridan tashqari O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Fanlar akademiyasi vakillari ishtirok etgan.
Izoh (0)