Bugun Tailand va O‘zbekiston yoshlar (U19) terma jamoalari o‘rtasidagi chorak final o‘yini oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi Sasom Pobprasetning aytishicha, chorak finalda O‘zbekiston U-19 favorit hisoblanadi.
“Ertaga biz yutqazib qo‘ysak, odatiy qabul qilinishi mumkin. Lekin O‘zbekiston yarim finalga chiqa olmasa, katta yangilik bo‘ladi. O‘zbekiston kuchli jamoa va ularga qarshi o‘yin og‘ir kechadi. Qolaversa, tarkibimizda muammolar, jarohat olganlar bor.
Guruh bosqichidagi ‘kambek’lar chiqmasligi mumkin, chunki bu o‘yin taqdiri bir o‘yinda hal bo‘ladi — uchta imkoniyat yo‘q. Biz bor imkoniyatimizni ishga solamiz, kuchimizni berib o‘ynaymiz, lekin raqibimizning kuchli ekanligini ham tan olamiz”, — dedi Tailand yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.
O‘zbekiston va Tailand o‘rtasidagi chorak final bahsi 17-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.
Izoh (0)