Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollaridan iborat turnirning juftliklar musobaqasida yarim final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Turnirning yakkalik bahslarida mag‘lubiyatga uchragan o‘zbekistonlik Sabina Sharipova endi bor e’tiborini juftliklar musobaqasiga qaratgan. Ukrainalik Aleksandra Korashvili bilan tandem hosil qilgan Sabina chorak finalda turnirning birinchi raqamli juftligi Nicha Lertpitaksinchay va Peanktarn Plipuyech (ikkisi ham Tailand) hamkorligini 6:2, 3:6, tay-brekda 10:0 hisobida mag‘lub etdi.
Izoh (0)