Xitoylik muhandislar yomg‘irdan himoyalanish uchun Air Umbrella g‘ayrioddiy soyabonini ixtiro qildi. “Ko‘rinmas” soyabonda odatiy gumbaz mavjud emas, uning shakli ko‘proq katta fonarni eslatadi, deb xabar bermoqda The Independent.
Ushbu uskunada yomg‘irdan himoya havo purkalishi orqali amalga oshiriladi, chiqqan havo to‘lqinlari odatiy soyabonning gumbazi vazifasini bajaradi. Uskuna litiy-ion batareya yordamida ishlaydi.
Air Umbrella 2015-yil oxirida 118 dollardan sotuvga chiqarish rejalashtirilgan. Tadqiqotlarni davom ettirish uchun 10 ming dollar miqdorida mablag‘ to‘plash maqsadida e’lon qilingan kampaniyada tashkilotchilar 7-oktabrdan buyon 25 ming dollar yig‘ishga ulgurgan.
Izoh (0)