Samarqand shahridagi “So‘g‘diyona” madaniyat va istirohat bog‘ida ta’mirlash ishlari yakuniga yetdi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, to‘qqiz oy davomida mazkur bog‘da ikki milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bog‘ hududidagi 3,5 gektar maydon ko‘kalamzorlashtirildi, Qrim qarag‘aylari va kashtan daraxtlari ekildi.
“So‘g‘diyona” madaniyat va istirohat bog‘i zamonaviy yoritish uskunalari bilan ta’minlandi, markazida esa uch ming o‘rinli amfiteatr qurildi.
Bog‘ direktori Farhod Jalilovning so‘zlariga ko‘ra, “So‘g‘diyona”ga 15 ta zamonaviy attraksion o‘rnatildi.
Izoh (0)