MDHning bir qator davlatlari Hamdo‘stlikning tashqi chegaralaridagi holat to‘g‘risida tezkor ma’lumot almashish tizimini tuzdi. Bu haqda MDH Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashi muvofiqlashtirish xizmati rahbari Aleksandr Manilov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Manilovning so‘zlariga ko‘ra, tizim tarkibiga Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Armaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegara xizmatlari kirgan, O‘zbekistonning qo‘shilishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, Manilov ushbu tizim doirasida Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikni amalga oshirish ko‘zda tutilganini aytib o‘tdi.
Izoh (0)