“Barselona” hujumchisi Luis Suares Urugvay terma jamoasi safida Ummonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ikkita gol muallifiga aylandi. O‘yin 3:0 hisobida Urugvayning g‘alabasi bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Urugvaylik hujumchi 57-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan to‘qqiz daqiqa o‘tib, ikkinchi golini raqib darvozasiga yo‘lladi.
Shu tariqa, Luis Suares JCh — 2014 paytida Jordo Kyellinini tishlagani tufayli diskvalifikatsiya qilinganidan keyin o‘zining ilk gollarini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Suares terma jamoaning to‘qqizta rasmiy o‘yiniga va klub safida to‘rt oyga o‘yinlardan chetlashtirilgan. “Barselona” safida u 25-oktabrdan boshlab o‘ynashi mumkin.
Izoh (0)