Samsung kompaniyasi yangi, tezroq Wi-Fi standartini e’lon qildi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Kompaniyaning yangi Wi-Fi texnologiyasi 60 GGs chastotali bo‘lib, unda ma’lumotlar soniyasiga 4,6 gigabit yoki 575 megabayt tezlikda uzatiladi. Bu esa hozirgi Wi-Fi texnologiyasi ko‘rsatkichidan besh barobar tezroq.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Wi-Fi tarmog‘i orqali ma’lumotlar soniyasiga 866 megabit yoki 108 megabayt tezlikda uzatiladi. Yangi Wi-Fi tarmog‘i standartining yuqori tezligi bilan esa 1 gigabayt hajmdagi filmni 3 soniyadan kam muddat ichida yuklab olish mumkin bo‘ladi.
Samsung 60 GGs chastotali Wi-Fi texnologiyasidan telekommunikatsiya va shubhasiz kelajakdagi mobil qurilmalarida ham foydalanadi. Shuningdek, Samsung Smart Home — kompaniyaning aqlli uy loyihasidagi audio-vizual va tibbiyot buymlarida ham ushbu texnologiya foydalanilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)