“Goverla” hujumchisi Maksim Shatskix autsayder jamoada gol urish imkoniyati pastligi haqida gapirib o‘tdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“Futbol — jamoaviy o‘yin. Faqat Messi to‘pni olib, butun jamoani aldab o‘tib, gol urishi mumkin. Bizda, ‘Goverla’da bunday futbolchilar yo‘q. Umuman, butun chempionatimizda bunday futbolchi yo‘q.
Klub saviyasi past bo‘lgani bois golli vaziyatlarni yaratish ham qiyinlashishi turgan gap. Ammo men ‘Goverla’da hujum ortida o‘ynamoqdaman va barchasidan xursandman. Bu joyda o‘yindan chiqib qolmasligingiz aniq.
Hujumda o‘ynaganda esa to‘p yetib kelmagani uchun ortga qaytishga va faqat himoyaviy vazifalar bilan cheklanib qolishga majbur bo‘lasan. To‘psiz hujumchiga juda qiyin bo‘ladi”, — dedi Shatskix.
Izoh (0)