UNICEF tomonidan Afrikadagi Ebola kasalligiga qarshi boshlangan kurashni Angliya terma jamoasi sobiq sardori Devid Bekxem boshqaradi. Syerra-Leone futbol assotsiatsiyasi prezidenti Isha Yoxansen buning uchun Bekxemga minnatdorchilik bildirdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
“Biz uchun Bekxemning ishtiroki juda muhim. Syerra-Leone uchun futbol katta ahamiyatga ega”, — dedi Yoxansen.
Xabar qilinishicha, Bekxem kasallik alomati ko‘zga tashlanishi bilanoq shifokorlarga uchrashish zarurligi haqida video orqali murojaat qiladi. Ushbu murojaat butun G‘arbiy Afrika bo‘ylab translyatsiya qilinadi.
Izoh (0)