AQShning Minnesota shtatida istiqomat qiluvchi 113 yoshli Anna Stoyer Facebook ijtimoiy tarmog‘iga a’zo bo‘lish uchun “yosharishga” majbur bo‘ldi. Bu haqda KARE 11 ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
1900-yilda tug‘ilgan Anna Stoyer Facebook’ning ro‘yxatdan o‘tish uchun mo‘ljallangan sozlamalarida 1905-yildan avvalgi muddat ko‘rsatilmagani bois yolg‘on yosh kiritishga majbur bo‘ldi.
Yoshi ulug‘ligiga qaramay, elektron pochtaning faol foydalanuvchisi hisoblangan Anna hozirda do‘stlari bilan Facebook orqali muloqot qilmoqda.
Izoh (0)